Xitoy 70 yil deganda pensiya yoshini ko‘tarmoqda

eʼlon qilindi
Bu jarayon 2025-yilda boshlanadi
Foto: Nbcnews.com

1950-yillardan keyin ilk marta Xitoy qonunchilari mamlakatda qonuniy pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun ovoz berdi. Bu haqda China Focus nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, erkaklar uchun pensiya yoshi 60 yoshdan 63 yoshgacha oshiriladi. Ayollarda esa bu muddat menejerlar uchun 58 yoshga, ishchilar uchun 55 yoshga ko‘tariladi. Bu jarayon 2025-yilda boshlanadi va 15 yil muddat davom etadi.

Shuningdek, ish beruvchining roziligi bilan Xitoy fuqarolari belgilangan yoshdan uch yil oldin yoki kechroq pensiyaga chiqishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qanday holda ayollar yoshga doir pensiyaga ertaroq chiqishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek