Xitoyliklar elektr energiyasini Andijon chiqindilaridan oladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Loyihaga $250 mln investitsiya kiritiladi
                    
                            
Xitoyning Jin Ming firmasi Andijon viloyatida chiqindilarni qayta ishlash korxonasi qurilishiga $250 mln sarmoya kiritmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Bu haqda Xitoyning Syamin shahrida bo‘lib o‘tgan 24-xalqaro investitsiya-savdo forumida memorandum imzolandi. Qurilish ishlari oktabr oyida boshlanishi mumkin. Korxona Andijon tumanida ochilib, chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Anjuman doirasida Andijon viloyati delegatsiyasi xitoylik hamkorlar bilan $100 millionlik yana beshta istiqbolli investitsiya loyihasini ham muhokama qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuvi haqida yozgan edi.