Yana bir to‘lov tashkilotining litsenziyasi bekor qilindi
Markaziy bank tomonidan «United Payment Solution» aksiyadorlik jamiyatining litsenziyasi chaqirib olindi ham to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarildi. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aksiyadorlik jamiyati litsenziyasining bekor bo‘lishiga, litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida faoliyat faoliyat olib bormagani sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, ushbu aksiyadorlik jamiyati 2023-yilda 11-mart kuni davlat xizmatlari markazida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jamiyat rahbari Gizatullin Rustam Sabirovich bo‘lib u «Easy finans mikromoliya tashkiloti»da ham rahbar lavozimida faoliyat olib boradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank bitta toʻlov tizimi operatori hamda uchta toʻlov tashkilotining litsenziyasini bekor qilgani haqida xabar bergan edi.