Yangiliklar

Yozning top vakansiyalari qaysilar bo‘ldi

Qurilish va ko‘chmas mulk kabi sohalarda ehtiyoj yuqori bo‘lgan
Foto: Nazariykarkhut / Depositphotos

O‘zbekistondagi ish beruvchilar ushbu yozda hh.uz portaliga 8 mingdan ortiq ish taklifini joylashtirdi. Bu borada hh.uz Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yil davomida o‘sish 32 foizni tashkil etgan. Ko‘pincha kompaniyalar qurilish va ko‘chmas mulk kabi sohalarda mutaxassislarga ehtiyoj sezgan. Bunday bo‘sh ish o‘rinlari barcha vakansiyalarning 14% qismini tashkil qilgan. Chakana savdo esa 11% ko‘rsatkichda bo‘lgan.

O‘zbekiston ayollari orasida ofisda ishlashga qiziqish ortganini qayd etdi. O‘zbekistonlik ayollardan taqdim etilgan rezyumelar ulushi 20 foizni, erkaklar orasida 80 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek, haydovchilar mamlakatimizda eng ko‘p talab qilinadigan kasblarga aylangan – umumiy bo‘sh ish o‘rinlarining 35 foizi. Keyingi o‘rinlarda xizmat ko‘rsatuvchi muhandislar (10%) va qadoqlovchilar (8%) bo‘lgan.

Shu bilan birga, mehnat bozorida tokar, frezer, mexanizator kabi mutaxassislar yetishmovchiligi kuzatilgan. Ular orasida rezyumelarning ulushi 1% ni tashkil etgan xolos.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda neyron tarmoqlar bo‘yicha mutaxassislarga talab oshgani haqida yozgan edik.