Besh mingga yaqin fuqarolar ishlab chiqarilgan «yashil» energiyani davlatga sotdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
1 kilovatt-soat quyosh energiyasi uchun 1000 so‘mdan haq to‘lanadi
Фото: Michael Pointner / Pixabay

Yil boshidan buyon 4986 nafar fuqaro oʻz uylarida oʻrnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan 4,81 mln kilovatt-soat elektr energiyasini davlatga sotgan. Ularga budjetdan 4,81 mlrd soʻm toʻlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qonunchilikka muvofiq, 1 kilovatt-soat quyosh energiyasi uchun 1000 soʻmdan haq toʻlanadi. Fuqarolar oʻzlari ishlab chiqargan elektr energiyasi uchun olgan mablagʻ soliqqa tortilmaydi.

Energetika vazirligining ta’kidlashicha, faqat iyul oyidayoq 3750 nafar fuqaro 1,39 mlrd soʻmlik elektr energiyasini sotgan.

Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda quyosh panellari yordamida qanday va qancha pul ishlashingiz mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek