Isroil Adxamov bosh prokurorning oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                
                                    
                        Tayinlovga qadar Adxamov Prezident huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining maslahatchisi edi
                    
                            
Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Isroil Adxamov bosh prokurorning oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Tayinlovga qadar Adxamov Prezident huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining maslahatchisi lavozimida ishlagan.
«Adxamov prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Otabek Umarov Osiyo olimpiya kengashining Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti etib tayinlangani haqida yozgan edi.
