Olaf Shols O‘zbekistonga keladi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols 15-16-sentyabr kunlari O‘zRga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar berdi O‘zR rahbari matbuot xizmati.
Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari Samarqand shahrida uchrashib, Oʻzbekiston – Germaniya munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Muzokaralarda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, texnologiyalar transferi, investitsiyalarni kengaytirish, mehnat migratsiyasi, ekologiya, ta’lim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, ikki mamlakat rahbarlari oʻzbek va nemis ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonga Germaniyadan kelayotgan sayyohlar soni ortgani haqida yozgan edi.