Futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi, deb xabar berdi O‘zR futbol assosiatsiyasi.
Niderlandiya to‘rtinchi daqiqadayoq hisobni ochdi. Birinchi golni Tevfik Cheyar urdi. 16-daqiqada Elbek To‘lqinov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda esa Ismoil Odduh (Niderlandiya) 28-daqiqada gol urdi. 36-daqiqada Ixtiyor Ropiyev hisobni tenglashtira olgan bo‘lsa, 37-daqiqada Ismoil Odduh Niderlandiyani yana oldinga olib chiqdi.
39-daqiqada Husniddin Nishonovning goli O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda 6 oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi.