Vengriyada bo‘lib o‘tayotgan FIDE Olimpiadasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi
Budapeshtda bo‘lib o‘tayotgan FIDE 45-Jahon shaxmat olimpiadasining uchinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi uchta g‘alabaga erishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Sport vazirligi.
Ushbu turda erkaklar terma jamoamiz Xorvatiyani 3,5-0,5 hisobida mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov Ante Brkichni mag‘lub etdi. Nodirbek Yakubboev Sasa Martinovich bilan durang o‘ynadi. Javohir Sindarov Leon Livaikni, Shamsiddin Vohidov esa Zdenko Kojuladan ustun keldi.
Ayollar o‘rtasidagi bahsda Afruza Hamdamova Joka Gaaldan, Umida Omonova Julianna Terbedan ustun keldi. Nilufar Yoqubbayeva esa Xoang Txan Trangga yutqazib qo‘ydi. Marjona Malikova va Petra Papp o‘yinni durang bilan yakunladi.
Avvalroq birinchi bosqichda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Trinidad va Tobagoni (2,5:0,5), ayollar terma jamoasi esa Gaiti terma jamoasini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Ikkinchi turda erkaklar terma jamoasi misrlik shaxmatchilarni (3,5:0,5), qizlar esa Angolani mag‘lub etib, to‘rtta o‘yinda 3 ochkoni tortib oldi.
Budapeshtdagi FIDE 45-shaxmat Olimpiadasi 23-sentabrga qadar davom etadi.