O‘zbekiston AQShga qovun eksport qiladi

eʼlon qilindi
Keyinchalik uzum, gilos va dukkakli mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Agroconsult-buinov.com

O‘zbekiston AQSh vakillari bilan qovun eksporti bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qovun eksporti yo‘lga qo‘yilgach Amerika bozoriga poliz ekinlaridan keyin o‘zbek uzumlari, gilos va dukkakli ekinlari kirib boradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mahalliy mutaxassislarni Amerika Qo‘shma Shtatlariga malakasini oshirish uchun laboratoriya tadqiqotlariga yuborishga kelishdi.

Shuningdek, amerikalik vakillar Orol dengizi va Farg‘ona vodiysi laboratoriyalarida tajriba almashadi.

2024-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistondan qariyb $11 mln qiymatdagi 23,3 ming tonna qovun eksporti amalga oshirildi. Asosiy xaridorlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya bo‘ldi. Kamroq hajmdagi poliz mahsulotlari Latviya va Germaniya tomonidan import qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda O‘zbekiston qancha qovun eksport qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek