Olaf Shols Samarqand shahriga keldi
eʼlon qilindi
O‘zR bosh vazirining o‘rinbosari J.Xo‘jayev kutib oldi

Samarqand shahri aeroportida Germaniya hukumati rahbari Olaf Sholsni OʻzR bosh vazirining oʻrinbosari J.Xoʻjayev va boshqa rasmiylar kutib oldi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Ikki mamlakat hukumati rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar olib boradilar va yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.

Shuningdek, davlat tashrifi doirasida Olaf Shols shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonga germaniyalik sayyohlarning tashrifi oshgani haqida yozgan edik.