O‘zbek bokschilari WBA reytingida yuqori pog‘onalarga ko‘tarildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        3 nafari o‘z vazn toifasida chempion
                    
                            
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi reytingida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda bormoqda. Reyting WBA veb-saytida e‘lon qilindi.
Unga ko‘ra:
- Hasanboy Do‘stmatov — (minimal vazn) 1-o‘rin;
 - Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) — 1-o‘rin;
 - Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) — 10-o‘rin;
 - Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) — 5-o‘rin;
 - Botir Ahmedov (super yengil vazn) — 13-o‘rin;
 - Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) — 1-o‘rin;
 - Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — 3-o‘rin;
 - Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) — 6-o‘rin.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oʻzbekistonlik boks murabbiyi «Chingiz Aytmatov» medali bilan taqdirlangani haqida yozgan edik.