O‘zbekistonda tug‘ilgan deputat bosimlar tufayli mandatidan voz kechdi
Sentabr oyida Moskva viloyati Pushkin shahar okrugi deputatlari kengashiga bo‘lib o‘tgan takroriy saylovda g‘alaba qozongan Baxromjon Hasanov tuman Kengashining birinchi yig‘ilishida o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Shahar ijtimoiy tarmoqlari va telegram kanallarida Moskva viloyati Pushkin shahar okrugi deputatlari kengashi raisi Artem Sadula Baxromjon Hasanovning bayonotini o‘qib eshittirayotgan yig‘ilish videosi ham tarqalgan.
«Deputatlar kengashiga Hasanov Baxromjonning o‘z xohishi bilan iste’foga chiqish haqidagi arizasi kelib tushdi. Bugundan boshlab uning vakolatlari tugatiladi», degan Artem Sadula videoda.
Avvalroq tojik diasporasi rahbari Baxromjon Hasanov saylovda g‘alaba qozonib, Moskva viloyatining Pushkino shahrida deputat etib saylangan.
Ammo bundan xabardor bo‘lgan millatchilar yangi saylangan deputatga bosim qilgan. Natijada Hasanov iste’foga chiqish haqida ariza yozgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya migrantlar farzandlari uchun bepul ta’limni bekor qilmoqchiligi haqida yozgan edik.