Polaris Dawn koinotga qilgan ilk tijoriy parvozidan so‘ng Yerga qaytdi
Polaris Dawn missiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi va Yer sayyorasiga qaytdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, milliarder Jared Isaakman tomonidan moliyalashtirilgan besh kunlik sayohat, bir nechta rekordlarni yangiladi, shu jumladan, SpaceX Crew Dragon kapsulasidan foydalangan holda birinchi tijorat kosmosga chiqish.
12-sentabr kuni Isaakman astronavt Sara Gillis bilan birga navbatma-navbat 20 daqiqadan kapsula tashqarisida yangi skafandrlarni sinovdan o‘tkazdi.
Polaris Dawn Yer yuzidagi eng yuqori orbitasiga chiqib, 1966-yilda Gemini 11 tomonidan o‘rnatilgan rekordni ortda qoldirdi. Oxirgi marta odamlar sayyoradan bunchalik yuqorida parvoz qilish hodisasi yarim asr oldin Apollon Oy dasturi paytida bo‘lgan.
Bu koinotga sayohat Isaakman Polaris dasturi doirasida sotib olingan uchta parvozning birinchisidir. Ilgari u 2021-yilda Inspiration4 missiyasida xuddi shu SpaceX kapsulasida orbitada uch kun bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX koinotga maxsus missiyasini boshlagani haqida yozgan edik.