Pushkin xiyoboni ko‘rkam dam olish maskaniga aylantiriladi

eʼlon qilindi
Loyihaga mas’uli “Koç Construction” qurilish kompaniyasi
Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi

Toshkent shahrida joylashgan Pushkin xiyobonini yangi dam olish maskaniga aylantirish loyihasi taqdim etildi. Bu haqda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligi xabar berdi.

Loyihaga ko‘ra, jamoat joylarini qo‘shimcha obodonlashtirish, arg‘imchoqlar, bolalar maydonchalari va yugurish yo‘lakchasi qurish ko‘zda tutilgan. Mavjud favvoraga sun’iy sharshara va boshqa bir qancha shu kabi suvli obyektlar qo‘shiladi.

Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi

Buyuk shoir haykali hozirgi joyida qoldiriladi. Uning atrofida gulzor va dam olish uchun sersoya joylar tashkil etiladi.

Obodonlashtirish ishlari davomida Shota Rustavelli ko‘chasida velosiped yo‘llari, yangi avtobus bekatlari, nogironlik aravachasida harakatlanuvchi va bolali ayollar uchun panduslar quriladi.

Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiy dunyo kreativ yoshlari markazi O‘zbekistonda tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek