Germaniya va O‘zbekiston migratsiya bo‘yicha aniqlik kiritdi
Germaniya kansleri Olaf Shols va Germaniya tashqi ishlar vaziri Nensi Fezer O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan imzolagan migratsiya to‘g‘risidagi bitim tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekistonlik malakali mutaxassislar uchun Germaniyaga ko‘chib o‘tish jarayoni osonlashtiriladi. Shu bilan birga, O‘zR Germaniya Federativ Respublikasi hududida noqonuniy ravishda yashayotgan o‘z fuqarolarini qabul qilish majburiyatini oldi.
«Umumiy manzarani ko‘radigan bo‘lsak, bu shartnoma katta o‘zgarishlarga olib kelmaydi», dedi Sholts. Biroq u qadam-baqadam xuddi shu namuna asosida boshqa kelishuvlar ham tuzilishini ta’kidladi.
Federal hukumat «migratsiya siyosatiga yangi aniqlik kiritmoqda,» dedi Fezer. «Biz mamlakatimizga sanoat, hunarmandchilik, parvarishlash va boshqa ko‘plab sohalarda zarur bo‘lgan malakali ishchi va mutaxassislarni jalb qilyapmiz. Istiqbolga ega bo‘lmagan va Germaniyada bo‘lish huquqiga ega bo‘lmaganlar imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishlari kerak», deya tushuntirdi u.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev va Shols 15-sentabr kuni GFR kanslerining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Samarqandda muzokaralar o‘tkazgan edi.