Yangiliklar

iPhone 16 Toshkentda qancha turadi

Poytaxtda Apple kompaniyasining so‘nggi smartfon modellariga oldindan buyurtmalar qabul qilina boshlandi
Foto: Apple

Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasida joylashgan doʻkonlar iPhone 16 smartfonlariga buyurtma qabul qila boshladi. Ba’zi doʻkonlar 13-sentyabrdan buyurtma qabul qilib, 20-sentabrdan boshlab sotuvni boshlashadi. Boshqa doʻkonlar esa oktabr oyi boshida yetkazib berish bilan buyurtmalarni qabul qiladi.

iPhone 16ning asosiy xotirasi 128 Gb boʻlgan modelining narxi $949 dan boshlanadi. 256 Gb xotirali modeli $1049, 512 Gb xotirali modeli esa $1310 turadi.

iPhone 16 Plus modelining 128 Gb xotirali varianti $1049, 256 Gb xotirali varianti $1199 va 512 Gb xotirali varianti $1489 turadi.

iPhone 16 Pro modelining 128 Gb xotirali varianti $1199, 256 Gb xotirali varianti $1329, 512 Gb xotirali varianti $1629, eng qimmat 1 Tb xotirali varianti esa $1869 turadi.

iPhone 16 Pro Max modelining 256 Gb xotirali varianti $1499, 512 Gb xotirali varianti $1789 va 1 Tb xotirali varianti $2050 turadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri iPhone 16 va 16 Plus smartfonlari olti yadroli A18 chipida ishlashi, 5G tarmogʻini qoʻllab-quvvatlashi va Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyalariga ega ekani haqida xabar bergan edi.