Navoiy viloyatida joylashgan AYoQShda operator hamda boshqa xodimlar birgalikda 689,5 mlrd so‘m pul mablag‘ini o‘zlashtirgan. Bu haqda departament matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, departament tomonidan tekshiruv «N.B» MCHJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan.
Natijada MCHJ’ga qarashli AYoQShda operator hamda boshqa xodimlar tomonidan hujjatlarga yolg‘on ma’lumotlar kiritish orqali yoqilg‘i sotuvidan tushgan pul mablag‘lari talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan ikkita paxta toʻqimachilik klasterlari 3 mlrd soʻmlik asossiz daromad olgani haqida xabar bergan edi.