Nike va Adidas ambassadorlari Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan marafonni qo‘llab-quvvatladi
eʼlon qilindi
Unda 11 davlat vakillari ham ishtirok etdi
Qoraqalpogʻistonning Borsakelmas choʻlida xalqaro ekologik marafon boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Ekologiya vazirligi.
Tadbir ishtirokchilari orasida Nike ambassadori Farah Majid va Adidas ambassadori G‘ani Sulaymon ham bor edi.
Bu yil 5, 10, 21 va 45 km masofaga marafonlar tashkil etilib, unda 11 davlatdan sportchilar ishtirok etdi. Tadbir «Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz» shiori ostida o‘tkazildi.
Avvalroq «Kursiv» Xitoy ilmiy ekspeditsiyasi Orol dengizini o‘rganishga kirishgani haqida yozgan edi.