O‘zbekiston fuqarosi Rossiya yo‘llarida halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
U 55 yoshda edi
Rasm: Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyati davlat avtomobil nazorati

Rossiyaning Tyumen viloyatidagi yo‘lda yuk va yengil avtomobil to‘qnashib ketdi. Oqibatda mashinalardan birini boshqarib ketayotgan 55 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi, deb xabar berdi «Kommersant» nashri.

Erkak «Jiguli» avtomobilida Tyumen tomonga ketayotgan edi. Hodisadan so‘ng marhum Rossiyada noqonuniy ravishda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Ikkinchi haydovchi – 24 yoshli yigit jarohat olgan. Ikkala avtomobil ham jiddiy shikastlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada yo‘l-transport hodisasida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek