Yangiliklar

O‘zbekistonda oltin quymalari narxlari oshishiga nima sabab bo‘lmoqda

Oltin quymalaring narxlari o‘sishi jahon bozoridagi narxlar bilan bevosita bog‘liq
Foto: Depositphotos

Joriy yilning 16-sentabr holatiga ko‘ra 5 grammlik oltin quymalarining narxlari deyarli 5,5 mln so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta yakuni (13-sentabr juma kuni) narxlar 5,4 mln so‘mni qayd etgan. Narxlar hafta yakuniga nisbatan 74 ming so‘mga yoki 1,4 foizga o‘sdi.

Oltin quymalarining narxlari o‘sishi jahon bozoridagi narxlar bilan bevosita bog‘liq. Misol uchun, LBMA taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, narxlar hafta yakuni (13-sentabr kuni) tonggi vaqtda $2571.35 qayd etgan bo‘lsa, tungi vaqtga kelib esa narxlar $2575.1 ni qayd etgan. O‘rtada farq $3,75.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 5 grammlik oltin quymasi narxi 5,4 milliondan oshgani haqida xabar bergan edi.