Yangiliklar

Poytaxtda yangi bulvar barpo etiladi

Hududda tadbirkorlar uchun joylar ajratilmoqda
Foto: T.me/poytaxt_uz

Toshkent shahar hokimligi Yangihayot tumani savdo-ko‘ngilochar bulvarini yaratish bo‘yicha ekologik loyihada ishtirok etishga taklif qiladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, loyihalar davlat-xususiy sherikligi (DXSH) asosida «Toshkent Invest kompaniyasi» AJ bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Mazkur bulvar gastronomik, sport, savdo hamda bolalar ko‘ngilochar hududlari kabi loyihalardan iborat bo‘ladi.

Loyiha maydoni 3,1 gektar, uzunligi 1 kilometrdan iborat. Hududda 250 ta konteyner, 4 ta funksional zona mavjud. Obyekt davlat-xususiy sheriklik sharoitida investorga uzoq muddatga ijaraga topshiriladi.

Loyiha manzili va bog‘lanish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pushkin xiyoboni ko‘rkam dam olish maskaniga aylantirilishi haqida yozgan edik.