Yangiliklar

AQShning Mars kompaniyasi shikoyatidan so‘ng O‘zbekistondagi ikkita MChJ jarimaga tortildi

Ular kompaniyaning savdo belgilaridan noqonuniy foydalangan
Foto: Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi

Samarqand viloyatida joylashgan «Agro bravo» MCHJ hamda «Sam Komiljon Fayz» MCHJ jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avgust oyida Mars Incorporated kompaniyasi (AQSH) morojaatiga asosan MCHJ lar faoliyatida tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yuqorida tilga olingan MCHJlar Amerikaning Mars Incorporated kompaniyasining «Mars», «Snickers», «Dove» tovar belgilaridan foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan MCHJ’larga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Lacetti L-Stayle MT» yonib ketganligi sabab Raqobat qo‘mitasi tomonida UzAuto Motorsga nisbatan ish qo‘zg‘atilganligi haqida xabar bergan edi.