Shanxayga so‘nggi 75 yil ichida eng kuchli to‘fon Bebinca yopirildi. Bu haqda mamlakatning markaziy meteorologiya boshqarmasi ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘fon 16-sentabr dushanba kuni ertalab Pudongdagi Lingang yangi shahar sohiliga chiqdi. CCTV telekanali Bebinca quruqlikka chiqqanidan keyin bu 1949 yildan beri Shanxayga urgan eng kuchli to‘fon ekanini ta’kidladi.
Shanxaydagi ikkita asosiy aeroportda barcha reyslar, parom va ba’zi poyezd xizmatlari ham to‘xtatildi. Avtomobil yo‘llari mahalliy vaqt bilan soat 01:00 da (1700 GMT) yopildi va shahardagi yo‘llarda tezlik cheklovi soatiga 40 km qilib belgilandi. Yanszi daryosi og‘zidagi Chongming tumanidan 9 ming kishi evakuatsiya qilindi.
Milliy ob-havo idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning janubidagi Xaynan orolidan o‘tgan Yagi to‘foni bu oy hisobiga ko‘ra 4 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, bundan tashqari 95 kishi jarohat olgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 12-sentabr kuni Vyetnamda Yagi to‘foni oqibatida umumiy hisobda 200 ga yaqin odam halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 13-sentabr kuni Yagi to‘foni qurbonlari 233 kishiga yetgan. Bu haqda Euronews nashri xabar bergan.