Oʻzbekistonda 2024-yil 1-avgust holatiga 396,5 mingta tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 150,5 mingta savdo, 63 mingta sanoat, 33,7 mingta qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi, 30,1 mingta qurilish, 28,1 mingta yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar, 16,5 mingta tashish va saqlash, 9,9 mingta axborot va aloqa, 9,6 mingta sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish va 55,2 mingta boshqa sohalarda tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatga olingan.
Solishtirish uchun, 1-may holatiga tadbirkorlik subyektlari 404,75 mingtani tashkil etgan. E’tiborli jihati, uch oy ichida deyarli barcha tadbirkorlik subyektlari sezilarli darajada kamaygan. Eng katta tushish savdo sohasida qayd etilgan. Bugunga kelib, mazkur sohada sal kam 4 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini tugatgan (1-may holatiga 154,2 mingta bo‘lgan).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kichik va oʻrta tadbirkorlik uchun 10 trln soʻm mikrokredit ajratilishi haqida yozgan edik.