Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelganlarning shaharga chiqishi o‘zgartirildi
eʼlon qilindi
Endi u chapda joylashgan
«Toshkent» xalqaro aeroportida uchib kelish zali oldidagi avtoturargoh ta’mirlangani sababli kelayotgan yo‘lovchilar uchun chiqish vaqtincha o‘zgartirildi. Endi shaharga chiqish chapda, taksi yo‘lagining orqasida joylashgan. Bu haqda UzAirports boshqaruv kompaniyasi xabar berdi.
Shu bilan birga, kutib oluvchilar uchun kirish odatiy rejimda ishlaydi va shahar tomonidan kirish mumkin. Avtoturargohni ta’mirlash ishlari uch kun ichida yakunlanadi.
11-sentabr kuni Kursiv Uzbekistan Shahrisabz aeroporti 21 yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini tiklaganini yozgan edi.