Yandex Toshkentda ilk bor dasturlash maktabini ochadi

eʼlon qilindi
Ta’lim 28-oktabrdan boshlanadi
Foto: informatics.ru

Yandex Uzbekistan ilk marotaba Toshkentda dasturlash maktabini ochmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘quv dargohlari mobil va bekend dasturlash uchun bag‘ishlangan.

Ta’lim dasturlari leksiyalar, amaliy mashg‘ulotlar hamda Yandex xizmatlariga haqiqiy biznes-vazifalar ustida jamoaviy ishlarni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, ta’lim ikki bosqichda o‘tkaziladi. Ilk bosqichda talabalar nazariy bilim va ko‘nikmalarini shakllantiradilar. Birinchi bosqichni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar.

Maktabga kirish uchun arizalar joriy yilning 13-oktabriga qadar ushbu havola orqali qabul qilinadi.

Test topshiriqlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi. Saralash natijalari 23–24-oktabr kuni e’lon qilinadi. Ta’lim esa, 28-oktabrdan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Yandex 2011-yildan beri jami 72 ta maktab tashkil etgan bo‘lib, ularda 3,5 mingdan ortiq talabalar tahsil oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex Go xizmati Guliston shahrida ham ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek