USAID O‘zbekistondagi biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar dasturini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2024 yil 15 oktabr.
Foto: AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) oʻzbek biznesini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyiha doirasida grantlar berish boʻyicha yangi tanlov e’lon qildi. Bu haqda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.

Yangi grant dasturi toʻqimachilik, turizm, yashil iqtisod va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) kabi sohalarda biznes muhitini yaxshilash va oʻsishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Kim grant olishi mumkin?

Grant dasturi kichik va oʻrta biznes subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy inklyuziyani ta’minlashga hissa qoʻshadigan boshqa tashkilotlarga moʻljallangan. USAID, ayniqsa, ayollar, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarga alohida e’tibor qaratadi.

Grantlarning miqdori qancha?

Grantlarning miqdori $25 mingdan $100 minggacha boʻlishi mumkin. USAID loyiha xarajatlarining 50 foizini moliyalashtiradi. Ayollar, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar uchun bu koʻrsatkich 80 foizgacha oshirilishi mumkin.

Qachongacha ariza topshirish mumkin?

Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2024 yil 15 oktabr. Grant dasturi toʻgʻrisidagi e’lon va konsepsiyalarni taqdim etish uchun shablonlarni bu yerdan yuklab olish mumkin.

Nima uchun bu dastur muhim?

Bu grant dasturi USAIDning oʻzbek biznesini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan besh yillik loyihasining bir qismidir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri USAID O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim uchun mablag‘ ajratayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek