Yosh tomoshabinlar teatri Rossiyada mukofotni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Elista shahrida bo‘lib o‘tgan festivalda
Rasm: Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri Rossiyaning Elista shahrida bo‘lib o‘tgan «Keyeda» bolalar xalqaro teatrlarining IV festivalida mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Festival doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Iskandarova tomonidan sahnalashtirilgan «Pashsha Serxarxasha» myuzikl spektakli namoyish etildi.

Teatr jamoasini B. Basangov nomidagi milliy drama teatri direktori Galina Shurayeva maxsus diplom va statuetka bilan taqdirladi.

O‘zbekiston teatriga Qalmiq Respublikasi Madaniyat vazirligi san’at bo‘limi boshlig‘i Natalya Gadanova va Rossiya teatr arboblari uyushmasi hududiy bo‘limi boshlig‘i Sergey Burlachenko ham o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya va O‘zbekiston birgalikda filmlar ishlab chiqarishi haqida yozgan edi.

Shuningdek