Xonanda Bad Bunny va Adidas Originals brendi hamkorligida Gazelle Indoor poyabzali taqdim etildi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.
Poyabzallar Adidas va Confirmed ilovasida 16-sentabrdan, shuningdek, brendning flagman doʻkoni va veb-saytida 21-sentabrdan sotuvga chiqariladi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, mahsulotdagi elementlar mahsulotning umumiy dizayniga uyg‘un holda mos keladi.
Ma’lumot uchun, Bad Bunny (haqiqiy ismi Benito Antonio Martines Ocasio) Puerto-rikolik qo‘shiqchi, repper va bastakordir. U 1994-yil 10-martda tug‘ilgan va reggaeton va lotin trap janrlarida lotin musiqasining yetakchi vakillaridan biri sifatida tanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nike va Adidas ambassadorlari Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan marafonni qo‘llab-quvvatlayotgani haqida yozgan edik.