Yangiliklar

Amerikalik repper Pi Diddi odam savdosida ayblanib hibsga olindi

Musiqachining yuristlari hafsalasi pir bo‘ldi
Rasm: Getty Images

P.Diddi taxallusi bilan tanilgan reper Shon Kombs Nyu-York sud zalida hibsga olingan, u yerda musiqachi zo‘ravonlik harakatlari va odam savdosida ayblangan. Bu haqda «The New York Times» xabar beradi.

Ishga yaqin manbaning ma’lumotidan musiqachiga qo‘yilgan ayblovlar ma’lum bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, Kombs «jinsiy ekspluatatsiya maqsadida reket va odam savdosi»da gumon qilinmoqda. Shu bilan birga, ayblov xulosasining bandlari ommaviy ravishda e’lon qilinmadi.

Musiqachi yuristlari hibsga olish qaroridan hafsalalari pir bo‘lganini aytishdi, chunki Kombs tergov bilan hamkorlik qilgan va Nyu-Yorkka o‘z ixtiyori bilan kelgan.

Shon Combs – amerikalik reper, qo‘shiq muallifi, prodyuser, biznesmen va tadbirkor. Uning debyut albomi «No Way Out» 1997-yilda yetti marta «platina» bo‘ldi. Bad Boy Records leybliga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram rahbari Pavel Durov so‘roq o‘tkazish uchun qamoqdan ozod qilingani haqida yozgan edi.