Arabika qahvasi narxi 13 yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Braziliyada uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masligi arabika navli qahva narxining jahon miqyosida ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Bloomberg axborot portali xabar berishicha, uning qiymati so‘nggi 13-yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.
Amerika birjasida arabika fyucherslari 4,8 foizga o‘sdi va 2011-yildan beri eng yuqori darajaga yetdi. Yil boshidan beri qahva narxi 40 foizga oshdi.
Narxlarning oshishi Braziliyadagi ob-havo bilan bog‘liq. Bu mamlakat yetakchi qahva ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Issiq va qurg‘oqchilik ekinlarga zarar yetkazdi, yaxshi hosil bo‘lmadi.
Sanoat, shuningdek, bir qator mamlakatlardagi portlarning yuklangani, tashish uchun konteynerlarning yetishmasligi, Qizil dengizdagi hujumlar va Vyetnamdagi yomon hosil tufayli logistika uzilishlaridan aziyat chekmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan robust qahvasi bo‘yicha fyucherslar tarixiy rekordni yangilagani haqida yozgan edi.