It, mushuk va qo‘ylar endi identifikatsiya qilinadi

eʼlon qilindi
Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
Foto: lifeonwhite / depositphotos

Qonunchilik palatasi «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladi.

Qonun loyihasida chorva hayvonlarini yuqumli kasallikda himoya qilish, identifikatsiyasiga oid ishlar hamda aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalari yoritilgan.

Hayvonlarni hisobini yuritish, nasli bilan bog‘liq yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish, iste’mol uchun chiqariladigan barcha mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishga imkon yaratadi.  

«Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimining eng asosiy afzallik tomonlaridan biri, bu tizim orqali oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi», dedi .

«Iste’mol uchun ishlatiladigan go‘sht va boshqa mahsulotlar olinadigan qoramol, qo‘y va echki, cho‘chqa, ot, eshak, tuya kabi hayvon turlari hamda ular uchun kasallik xavfini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hamda kasallik kirib kelishini oldini olish, epizootik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida, it, mushuklarni identifikatsiya qilinishi taklif etilmoqda», deyiladi .  

Bundan tashqari, qonun loyihasining qabul qilinishi, hayvon egalarining hayvonga egalik qilish, foydalanish, tasarruf qilish huquqlarini yanada kafolatlashga imkoniyat yaratadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda ombudsman vakolatlari kengaytirilishiga oid qonunchilik loyihasi tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek