Yangiliklar

Mikromoliya tashkilotlari chet el valyutasida kreditlar beradi

Tashkilotlarning eng kam ustav fondi 100 mlrd so‘m qilib belgilanadi
Foto: kgtohbu / depositphotos

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan yuridik shaxslarga xorijiy valyuta ko‘rinishida xizmat ko‘rsatishga oid qonunchilik loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Bundan tashqari, qonun loyihasida tashkilotlarning eng kam ustav fondi 100 mlrd so‘m qilib belgilashga oid qoidalar, shuningdek, mazkur tashkilot Markaziy bankdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi ham belgilangan.

Qayd etilishicha, loyiha bo‘yicha nobank kredit tashkilotlarini AJ yoki MCHJ shaklida tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi.  

Qonun loyihasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalida olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lganda Markaziy bankni xabardor qilinishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank Contact Finance mikromoliya tashkilotiga litsenziya bergani haqida xabar bergan edi.