Eng yaxshi ilovalarga ega O‘zbekiston banklari reytingi e‘lon qilindi
Avgust oyi uchun mobil ilovalar reytingida Anor Bank, TBC, Uzum bank va Ipak Yo‘li yetakchilik qilmoqda. Bu haqda SNS Ratings ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Anor Bankning yakuniy reytingi 96,24 foizni tashkil etdi. TBC 94,26 % bilan «Mukammal» maqomini oldi. «Uzum bank» va «Ipak yo‘li» tegishli ravishda 90,32 va 89,11 foizga ega bo‘ldi.
Reyting foydalanuvchilar bergan baholarga asoslanadi. O‘zbekiston banklarining eng yaxshi mobil ilovalari interfeysning qulayligi, funktsionallik, ishonchlilik va barqarorlik kabi mezonlarga asoslanib aniqlandi.
Javob berish tezligi va qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali muammolarni hal qilish, foydalanuvchi ma’lumotlarining xavfsizligi va himoyasi ham inobatga olindi.
Anor bank va TBC umumiy reytingda doimiy ravishda yuqori o‘rinlarni egallab turibdi.
«Hayot Bank» va «Orient Finance Bank» ilovalari bu safar cheklangan funksionallik va xavfsizlik muammolari tufayli pastroq ball oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qaysi banklar onlayn va garovsiz mikroqarzlar berishi haqida yozgan edik.