Futzal bo‘yicha jahon chempionati. O‘zbekiston 1:4 Paragvay
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Husniddin Nishonov goli hisobni qisqartirdi

Futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati doirasidagi O‘zbekiston — Paragvay o‘yini raqiblarimiz foydasiga hal bo‘ldi. Bu haqda UFA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘yinning 35-daqiqasida Husniddin Nishonov urgan gol O‘zbekistonga ilk ochkoni olib keldi. Afsuski, oyin yakuniga qadar Paragvay terma jamoasining qo‘li ustunlik keldi va 4:1 hisobda o‘yin g‘olibiga aylandi.
Paragvay futzalchilari kiritgan gollar xronikasi quyidagicha:
16-daqiqada Xorxe Espinoza;
17-daqiqada Arnaldo Baez;
24-daqiqada Fransisko Martines;
26-daqiqada Xavyer Salaslar darvozamizni ishg‘ol etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston Niderlandiya bilan durang natija qayd etgan edi.