ILMA «Omad sugʻurta» va «Japan DXT» kripto-depozitariy kompaniyalarining litsenziyasini toʻxtatdi

eʼlon qilindi
10 kun muddatga to‘xtatdi
Foto: Facebook / Omad sug‘urta

«Omad sugʻurta» va «Japan DXT» kripto-depozitariy kompaniyalari litsenziyasining amal qilishi toʻxtatildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xabar berdi.

Unga koʻra, «Omad sugʻurta» AJning moliyaviy hisobotlarini oʻrganishi natijasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, 76,5 mln soʻm miqdorida jarima solindi.

Bundan tashqari, «Omad sugʻurta» AJga sugʻurta faoliyatini amalga oshirish boʻyicha berilgan 2022-yildagi litsenziyasi 2024-yil 17-sentabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga toʻxtatildi.

Shuningdek, agentlikning qarori bilan «Japan DXT» kripto-depozitariy MCHJning ham litsenziyasi amal qilishi toʻxtatildi. Kompaniyaga kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish boʻyicha 2024-yil 30-avgustda berilgan litsenziya 2024-yil 16-sentabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga toʻxtatildi. Litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish muddati davrida kripto-aktivlar bilan operatsiyalar amalga oshirish ta’qiqlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank tomonidan «United Payment Solution» aksiyadorlik jamiyatining litsenziyasi chaqirib olingani ham toʻlov tashkilotlari reyestridan chiqarilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek