Isroilda vaziyat tobora keskinlashib bormoqda va mamlakat «Hizbulloh» bilan keng ko‘lamli mojaroga yaqinlashib qoldi. Mazkur holat 30-iyul va 25-avgust mojarolaridan keyingi eng xavfli davrlardan biri hisoblanadi. Bu haqda «Jerusalim Post» xabar beradi.
Isoril mudofaa vaziri Yoav Gallant amerikalik hamkasbi Lloyd Ostinga «Hizbulloh» muammosini hal qilishning diplomatik yo‘llari qolmagani haqida xabar berdi.
Shuningdek, Gallant o‘rniga Gideon Saar vazir bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda, bu esa Hizbullohga qarshi harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlashni oshirishi mumkin.
Muxolifat, xususan, Beni Gans tomonidan tanqid ham kuchaymoqda, chunki u bosh vazir Binyamin Netanyaxuning mamlakat shimolida keng ko‘lamli jangni boshlashda qat’iyati yo‘qligini ko‘rsatadi, deb yozadi «Jerusalim Post».
Avvalroq Kursiv Uzbekistan HAMAS BAA’ni Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblagani haqida yozgan edi.