Yangiliklar

O‘zbekistonda ombudsman vakolatlari kengaytiriladi

Qonun loyihasi qabul qilinib Senatga yuborildi

Oliy Majlis qonunchilik palatasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi.

Mazkur qonun loyihasi ombudsman vakolat doirasida O‘zbekiston prezidentiga, Oliy Majlisi palatalariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga «maxsus ma’ruza» taqdim etish yangi huquqi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan «muqobil ma’ruza» tayyorlashi hamda tegishli xalqaro tashkilotlarga taqdim etish mumkinligi belgilandi.

Qonun loyihasida, ombudsman ta’sir choralarining turlariga aniqlik kiritilgan holda, (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda, har bir ta’sir chorasi alohida-alohida moddada aks ettirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qonunchilik palatasining majlisida Ipoteka krediti bozoriga oid qonun loyihasi ma’qullangani haqida xabar bergan edi.