Futzal bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekistonning ikkinchi tur uchrashuvidagi raqibi Paragvay bo‘ladi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bugun Oʻzbekiston futzal terma jamoasi Paragvay bilan bahs olib boradi. O‘yin bugun soat 20:00 da «Humo» arenasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futzal boʻyicha jahon chempionati: Oʻzbekiston Niderlandiya bilan durang oʻynagan edi.