O‘zbekistonda sotilgan elektromobillar soni deyarli ikki baravar kamaydi

eʼlon qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra
Rasm: welcomia/Depositphotos

Avgust oyida avtotransport vositalari savdosi 9 foizga oshib, 111 ming donadan oshdi, ammo yillik faollik 25 foizga kamaydi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida.

Yengil avtomobillar

Yengil avtomobillar savdosi 11 foizga oshib, 102 ming donaga yetdi – fevral oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Ammo yillik hisobda sotuvlar 24,6 foizga kamaydi. Eng yuqori o‘sish Surxondaryo (54 foiz), Farg‘ona (25,4 foiz) va Andijon (24,8 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Rasm: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Birlamchi bozor

Yengil avtomobillar birlamchi bozorida sotuvlar 22,4 foizga oshib, 34 ming dona yangi avtomobilni tashkil etdi, bu iyul oyiga nisbatan 7 mingtaga ko‘pdir. Iyul oyida sotuvlar 12 foizga pasaygan edi, avgustda esa 1 foiz bo‘ldi.

Mahalliy avtomobillar sotuvi ham o‘sish tendensiyasini ko‘rsatdi. Mashinalar savdosi 22 foizga o‘sgan va 34 mingtani tashkil qildi. Yillik hisobda o‘sish 5 foizni tashkil etdi.

Ikkilamchi bozor

Ikkilamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi 5 foizga oshib, 64,6 ming donani tashkil etdi, ammo yillik pasayish 33,7 foizga yetdi.

Chet el mashinalari

Xorijiy yengil avtomobillar savdosi 25,6 foizga oshdi, bu bir oy oldingiga nisbatan 680 dan ortiq avtomobillarga ko‘pdir. Biroq yillik hisobda pasayish taxminan 38 foizni tashkil etdi.

Elektromobillar

Elektromobillar segmenti pasayishda davom etmoqda: sotuvlar atigi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu iyul oyiga nisbatan deyarli ikki baravar kam.

Asosiy pasayish poytaxtda kuzatilib, u yerda sotuvlar 66 foizga kamaydi. Yangi elektromobillarning birlamchi bozorida pasayish 53 foizni, ikkilamchi bozorda esa 37 foizni tashkil etdi. Yillik o‘lchovda foydalanilgan elektromobillar savdosi 20 foizga oshdi.

Shuningdek