Yangiliklar

Poytaxtdagi Bobur ko‘chasi vaqtincha yopiladi

18-sentabrdan 5-oktabrgacha
Фото: Yandex maps

18-sentabrdan 5-oktabrga qadar Toshkent shahridagi Bobur ko‘chasining bir qismi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, cheklov kabel tarmoqlari yotqizilishi munosabati bilan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan chorrahadan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan hududga ta’sir qiladi.

Foto: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdan Chimyonga yangi tunnel ochilgani haqida yozgan edik.