Rossiyaning Ozon va Rusal kompaniyalari oʻzbekistonliklarni ishga tashkil qilmoqda
Rossiyaning «Ozon Komyuniti» va «Rusal Komplektatsiya» korxonalari Oʻzbekiston fuqarolarini ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, «Ozon Komyuniti» korxonasi omborxona ishlariga taklif qilmoqda. Ish haqi 12 mln soʻmni (85 ming rubl) tashkil qiladi. Nomzodlar 18–55 yosh oraligʻida boʻlish, rus tilini bilish, sudlanmagan, xorijga chiqish taqiqlanmagan va sogʻlom boʻlishi kerak.
Aviachipta, bir mahal ovqat, yotoqxona, transport ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
Shuningdek, fuqarolar Rossiyaning yana «Rusal Komplektatsiya» korxonasiga ham ishga taklif qilinmoqda.
Ish turi alyumin quyuvchi boʻlib, oylik maosh 11,2 mln soʻmdan (80 ming rubl) boshlanadi.
Nomzodlarga 20 – 45 yosh chegarasida boʻlish, rus tilini bilish, sudlanmagan, xorijga chiqish taqiqlanmagan va sogʻlom talablari qoʻyilgan.
Aviachipta, bir mahal ovqat, yotoqxona va transport ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻzbekistonliklar yuk avtomobili haydovchilari Latviyaga ishga taklif qilinayotgani haqida xabar bergan edi.