Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida
eʼlon qilindi
II «Markaziy Osiyo – Germaniya» sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ostona xalqaro aeroportida O‘zR davlat rahbarini Qozogʻiston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston yetakchisi ikkinchi «Markaziy Osiyo – Germaniya» sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Olaf Shols bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.