Yangiliklar

Shaxmatchi yigitlarimiz Isroil ustidan g‘alaba qozondi

Qizlar esa Niderlandiya bilan durang qayd etdi
Foto: T.me/uzchess

45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 6-tur doirasida O‘zbekiston terma jamoasi yigitlari Isroil, qizlari esa Niderlandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Bu haqda Uzchess ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, erkaklardan iborat terma jamoamiz tur doirasida Isroilni 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, qizlar Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

6-tur natijalaridan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 200 ga yaqin davlat ichida 5-o‘rinda turibdi.

Ma’lumot uchun, 7-turda yigitlarimiz terma jamoamiz Ukraina, qizlarimiz esa Gretsiya jamoasiga qarshi dona suradi. O‘yin 18-sentabr 18:15 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchilar FIDE Olimpiadasidagi ishtiroki haqida yozgan edik.