Yangiliklar

Toshkentda Kichik halqa yo‘lining yana bir qismi yopildi

Rasm: zoomteam/Depositphotos

17-sentabr, seshanba kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida Shimoliy Olmazor va Qorasaroy ko‘chalari oralig‘idagi Kichik halqa avtomobil yo‘li (KXY) qismi yopiladi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.

Soat 07:00 dan boshlab transport harakati cheklandi. U 22:00 gacha amal qiladi.

Kursiv Uzbekistan 16-17-sentabrga o‘tar kechasi KXY’ning yana bir uchastkasi: Umid ko‘chasidan Shifonur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha yopilgani haqida yozgan edi.