«Toshkent – Xovost – Toshkent» yoʻnalishida qatnovchi 6412/6411-sonli temir yoʻl reysi 17-sentabr, seshanba kuni Sirdaryoga yo‘naltiriladi. Bu haqda «Oʻztemiryoʻlyulovchi» matbuot xizmati xabar qildi.
Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, yo‘nalish o‘zgartirilishiga texnik nosozliklar bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, endi Toshkent markaziy vokzalida chiptalarni maxsus terminal orqali xarid qilish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yildan boshlab Toshkentdan Moskvaga poyezdlar qatnovi soni oshirilishi haqida yozgan edi.