UzAuto Motors Powertrain boshqaruv raisi Bu Inge Andersson ish haqidan 5 foizlik jarimaga tortildi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalidan ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mansabdorga nisbatan jarima qo‘llanilishiga tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha qarzdorlikni vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rmaganligi sabab bo‘lgan.
«Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan jarima qo‘llanilsin. Qaror ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rish Jamiyatning xodimlar bilan ishlash departamenti direktori (I.Abdullayev) va Moliya direktoriga (I.Radjabov) yuklatilsin», deyiladi ma’lumotda.
Ma’lumot uchun, Andersson 2021-yil avgustidan buyon UzAuto Motors Powertrain va UzAuto Motorsni boshqarib kelmoqda. Bundan tashqari, u 2013-yildan 2016-yilgacha AvtoVAZni boshqargan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShning Mars kompaniyasi shikoyatidan so‘ng O‘zbekistondagi ikkita MChJ jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.