Yandeks Go Toshkentda yangi premium Ultima tarifini ishga tushirdi. Endilikda poytaxt aholisiga yuqori sifat darajasida xizmat taqdim etiladi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Premier tarifi uchun Hongqi H5, BYD Han, Leapmotor C01’lar kabi avtomobillar taklif etiladi.
Bundan tashqari, avtomobillarni kamida 4,8 reytingga ega bo‘lgan, qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tgan yuqori malakali haydovchilar boshqaradi.
Ma’lum qilinishicha, segmentda haydovchilar xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilgan holda faoliyat olib boradilar. Shuningdek, avtomobil salonida Android, iOS hamda Type-C uchun quvvatlash qurilmalari, shuningdek, xushbo‘y salfetkalar va yo‘lovchilar uchun suv ham mavjud bo‘ladi.
Tarifda nafaqat sayohatlar, balki 15 dan ortiq restoranlardan taomlarni yetkazib berish xizmati mavjud. Misol uchun, Winesday, Teppanyaki, «Сыроварня», «Pro.Хинкали», Cucucina, Kaspiyka, Brasserie Lambic, Benedict, Toku’larni o‘z ichiga oladi.
«Ultima Yandex Go premium xizmatlar ekotizimi orqali biz mijozlarimizga butunlay yangi darajadagi qulaylik va gʻamxoʻrlikni taklif qilishni maqsad qilganmiz», deydi Yandex Go loyihasi Ultima xizmati rahbari Mariya Revinskaya.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex Toshkentda ilk bor dasturlash maktabini ochishi haqida yozgan edi.