Yangiliklar

Yangi mis eritish majmuasi qurilishi uchun 146 mln yevro ajratiladi

«KfW IPEX Bank» va «AKA» banklari tomonidan moliyalashtiriladi
Foto: «Olmaliq KMK» AJ axborot xizmati

«Olmaliq KMK» AJ va Germaniyaning «KfW IPEX Bank» va «AKA» banklari o‘rtasida kredit bitimi imzolandi. Bu haqda «Olmaliq KMK» AJ axborot xizmati xabar berdi.

Samarqandda o‘tkazilgan O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon o‘rtasidagi davra suhbatida kredit bitimi imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, nemis banklari tomonidan yangi mis eritish majmuasini barpo etish uchun birinchi transh sifatida 146 mln yevro ajratadi.

Yangi mis eritish majmuasi qurilishi «Yoshlik» loyihasining ikkinchi bosqichi bo‘lib va u $1 mlrdga baholanmoqda. Shuningdek, birinchi bosqich budjeti $4,8 mlrd bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida ikkita bitim imzolangani haqida xabar bergan edi.